Ota-ona nazorati bo'limida nimalar bor
Farzandingizning o'quv jarayoni bo'yicha hamma ko'rsatkich bitta ekranda.
Bugungi va haftalik o'qish vaqti
Farzandingiz bugun qancha vaqt dars qilgani soat-daqiqa bilan ko'rinadi. Haftalik diagramma esa kun bo'yicha taqsimotni ko'rsatadi — qaysi kuni ko'p, qaysi kuni kam o'qigan.
Davomat
Ustoz yo'qlamani belgilagan zahoti natija sizga ko'rinadi: farzandingiz darsga keldimi yoki kelmadimi, dars qaysi vaqtda bo'lgan.
Oylik o'zlashtirish
Ustoz har oy farzandingizning o'zlashtirishini foizda baholaydi. Ko'rsatkich rangi bilan darhol tushunarli: yaxshimi yoki e'tibor kerakmi.
Xulq-atvor bahosi
Faqat bilim emas, xulq ham muhim. Ustoz qo'ygan baho shu yerda ko'rinadi — muammo chuqurlashmasdan oldin bilib olasiz.
Ball va reyting
Video darslar, testlar va o'yinlardan yig'ilgan ball. Guruh reytingi va umumiy reytingda farzandingiz nechanchi o'rinda ekanini ko'rasiz.
Haftalik dars jadvali
Qaysi kunlari, soat nechchida dars bo'lishi — jadval doim ko'z oldingizda.
🔔 Telegram xabarnomalari
Panelga har kuni kirib o'tirish shart emas — muhim narsa o'zi xabar beradi. TrackEdu ota-onaga Telegram orqali ikki xil xabar yuboradi:
1. Farzandingiz darsga kelmadi. Ustoz yo'qlamani belgilagach, kelmagan o'quvchining ota-onasiga xabar boradi. Siz sababini o'sha yerga javob qilib yozasiz — ma'muriyat ko'rib chiqadi.
2. Dars tugadi, farzandingiz uyiga ketdi. Bola dars vaqti tugagani va uyga yo'l olgani haqida xabar olasiz.
Bot ota-onani telefon raqami orqali topadi — alohida ro'yxatdan o'tish shart emas.
❓ Ko'p so'raladigan savollar
Ota-ona nazoratiga qanday kiraman?
Farzandingizning login va paroli bilan trackedu.uz ga kirasiz va "Ota-ona nazorati" bo'limini ochasiz.
Nega bo'lim yopiq turibdi?
Ota-ona nazorati bo'limini o'quv markaz ustozi ochadi. Yopiq bo'lsa ustozga murojaat qiling.
Farzandim noutbukda o'qisa, men telefonimdan ko'ra olamanmi?
Ha. O'qish vaqti qurilmaga emas, akkauntga bog'langan: bola qaysi qurilmada o'qigan bo'lsa ham, umumiy vaqt siz kirgan joyda ko'rinadi.
Xizmat pullikmi?
Bu o'quv markaz bilan kelishiladi — narx va shartlarni farzandingiz o'qiyotgan markaz belgilaydi.
Farzandingiz o'qishini bugundan kuzating
Login va parolni o'quv markazingiz beradi.
Tizimga kirish →