Tizim imkoniyatlari

O'quv markazga kerak bo'lgan hamma narsa

Yo'qlamadan to'lovgacha, video darsdan ota-ona xabarnomasigacha — har bir jarayon uchun alohida ilova va daftar tutish shart emas.

📋 Elektron yo'qlama va davomat

Ustoz yo'qlamani guruh ro'yxatidan bir bosishda belgilaydi. Har o'quvchi uchun bugungi va kechagi o'qish vaqti, faollik darajasi va holati jadvalda ko'rinadi.

Yo'qlama tugagach ikkita tugma bor: kelmaganlarning ota-onasiga sabab so'rab xabar yuborish va kelganlarning ota-onasiga "dars tugadi, farzandingiz uyiga ketdi" xabarnomasi.

🔔 Telegram xabarnomalari

Xabarlar SMS emas, Telegram bot orqali boradi — bepul va darhol yetadi. Bot ota-onani telefon raqami orqali topadi, alohida ro'yxatdan o'tish shart emas.

Ota-ona xabarga javob yozsa, sabab to'g'ridan-to'g'ri ustoz paneliga tushadi. Ota-ona botni bloklasa yoki javob bermasa — bu ham panelda ko'rinadi.

🎬 Video darslar va dars testlari

Ustoz video dars joylaydi (fayl yoki YouTube havolasi) va unga test biriktiradi. O'quvchi uyda ko'radi, testni ishlaydi — natija avtomatik hisoblanadi va ballga aylanadi.

Video darsda diqqat nazorati bor: telefon yonboshga o'girilsa yoki o'quvchi ekranga qaramasa, dars vaqti sanalmaydi. Ya'ni videoni qo'yib qo'yib, o'zi ketib qolish ishlamaydi.

🏆 Reyting, nishonlar va o'yinlar

O'quvchi video darslar, testlar va o'yinlardan ball to'playdi. Guruh reytingi va butun markaz bo'yicha umumiy reyting bor.

Sezon yakunida TOP-10 ga kirgan o'quvchilarga nishon beriladi: 1-o'ringa toj, 2-o'ringa yulduz, 3-o'ringa alohida belgi. Nishon o'quvchining ismi ko'ringan hamma joyda chiqadi.

O'yinlar: Kahoot (butun markaz birga o'ynaydigan tezkor viktorina), Mafiya (jamoaviy), Battle Test (o'quvchilar o'zaro bellashuvi), IT viktorina, so'z topish va ingliz tili o'yinlari.

💳 To'lovlar va moliya

Har o'quvchiga oylik to'lov summasi belgilanadi. Tizim kim to'lagan, kim qarzdor, kim oldindan to'lagan — o'zi hisoblab boradi.

Harajatlar ham yoziladi, shuning uchun oylik kirim, chiqim va sof natija bitta ekranda ko'rinadi. Markazda alohida hisobchi bo'lsa, unga o'z paneli ochiladi.

👨‍👩‍👦 Ota-ona nazorati

Ota-ona farzandining davomati, o'qish vaqti, oylik o'zlashtirishi, xulq-atvori va ballarini real vaqtda kuzatadi. O'qish vaqti qurilmaga emas, akkauntga bog'langan — bola noutbukda o'qisa ham, ota-ona o'z telefonidan umumiy vaqtni ko'radi.

Ota-ona nazorati haqida batafsil →

Markazingiz uchun sinab ko'ring

Qo'ng'iroq qiling — markazingiz uchun panel ochamiz.

📞 +998 50 871 63 00